Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi yana uzaytirildi
Olam
−
27 aprel 2020
8379Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan favqulodda holat rejimini 11 maygacha uzaytirish haqida farmonni imzoladi.
“Mamlakatimizda yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib va davlat komissiyasi hamda mutaxassislar taklifiga asosan favqulodda holat rejimini 11 maygacha uzaytirish to‘g‘risida farmonni imzoladim”, deyiladi bayonotda.
To‘qayev mamlakatda vaziyat salbiy tarafga qarab rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsad ekanini ma’lum qildi.
Favqulodda holatga qaramay 1 maydan poytaxt Nur-Sulton va Olma-ota o‘rtasida aviaqatnov tiklanadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 2780 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari vafot etgan va 683 nafari sog‘aygan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 15 mart kuni favqulodda holat joriy etilgandi. Hozirda Olma-ota va Nur-Sulton shaharlarida karantin va majburiy o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi mavjud. Favqulodda holat rejimi 14 aprel kuni 1 maygacha uzaytirilgandi.