Nur-Sulton, Chimkent va Olma-otada odamlarning uydan chiqishi cheklandi
Olam
−
26 mart 2020
6969Qozog‘iston Respublikasi hukumati Nur-Sulton, Chimkent va Olma-ota shaharlarida karantin rejimini kuchaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Qarorga binoan, ushbu shaharlar aholisi 28 martdan boshlab uy-joylarini tark etmasliklari kerak. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Zakon.kz nashri xabar berdi.
"Fuqarolarning uylaridan chiqishlari cheklanadi. Oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish va ishga borish uchun ko‘chaga chiqish bundan mustasno." deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 109 ta holat tasdiqlandi. Kasallanganlarning 2 nafari tuzaldi. Joriy yilning 16 martdan boshlab mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi. 19 mart kuni esa Nur-Sulton va Olma-otada karantin joriy etildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr