Qozog‘istonda ikki bemor koronavirusdan to‘liq tuzaldi
Olam
−
25 mart 2020
8103Qozog‘istonda koronavirusga chalingan 2 nafar bemor to‘liq tuzaldi. Ular ertaga, 26 mart kuni shifoxonadan chiqariladi. Bu haqda Respublika Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev ma’lum qilgan.
“Bugunning eng asosiy va quvonchli xabari: koronavirusga chalingan ikki nafar bemor ertaga shifoxonadan chiqariladi. Hozir ular doimgidek kuzatuvda, bemorlardan so‘nggi nazorat tashxisi olinadi. Ammo shuni aytish kerakka, bu bizning koronavirus ustidan qilgan birinchi g‘alabamizdir”, dedi u bugun bo‘lib o‘tgan brifingda.
Avvalroq, 25 mart kuni Qozog‘istonda yana 7 kishi koronavirusga chalingani, ular soni mamlakatda 79 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi