AQSHning 13 ta shtatida favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

−

image

AQSH Energetika vazirligi 13 ta shtat va Kolumbiya okrugini qamrab oluvchi energetika tizimida favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Bu haqda idora rahbari Kris Rayt tomonidan joriy yilning 11 oktyabr kuni imzolangan farmonda aytiladi.

Qayd etilishicha, favqulodda holat elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortishi, shuningdek, uni ishlab chiqarish va uzatish uchun generatsiya va quvvatlarning yetishmasligi bilan bog‘liq. Vazirlik PJM Interconnection energetika tizimi operatoriga elektr ta’minoti ishonchliligini saqlab qolish uchun muayyan energobloklarni yoqishni va zarurat tug‘ilganda zaxira quvvatlarini ishga solishni topshirgan.

Farmoyish Virjiniya, Delaver, G‘arbiy Virjiniya, Illinoys, Indiana, Kentukki, Merilend, Michigan, Nyu-Jersi, Ogayo, Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Tennessi shtatlari va Kolumbiya okrugiga taalluqli. Chora-tadbirlar 13 oktyabrdan 16 oktyabrgacha amal qiladi.

PJM Interconnection – AQSHning eng yirik mintaqaviy energetika tizimi bo‘lib, 13 ta shtat va Kolumbiya okrugi hududida elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatishni muvofiqlashtiradi. U mamlakat sharqining salmoqli qismini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakat energetika tizimiga solinayotgan tahdidlar munosabati bilan favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing