Qozog‘istonda Afg‘onistondan Yevropaga noqonuniy migratsiya kanali to‘xtatildi

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Afg‘oniston fuqarolarining Rossiyaga va undan keyin Yevropa davlatlariga noqonuniy migratsiya kanali ishini to‘xtatdi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmatining “Olmaota” chegara nazorati boshqarmasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Olmaota shahar boshqarmasi bilan birgalikda va prokuratura bilan kelishilgan holda Afg‘oniston fuqarolarining Qozog‘iston hududi orqali Rossiya va undan keyin Yevropa davlatlariga noqonuniy migratsiya kanaliga chek qo‘ydi. Shu tariqa, 16 mart kuni to‘rt nafar Afg‘oniston fuqarosi mansabdor shaxsga 5 ming dollar miqdorida pora berishga uringan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu mablag‘lar Ispaniya va Portugaliyaning soxta pasportlaridan foydalangan holda afg‘onistonliklarni Olmaota xalqaro aeroporti orqali olib o‘tishni tashkil etishga mo‘ljallangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “Noqonuniy migratsiyani tashkil etish” va “Pora berish” moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sudning sanksiyasi bilan ushlangan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qozog'iston migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing