Qozog‘istonda 32 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Jamiyat

−

image

Qozog‘istonda ichida 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgan. Bu haqda Qozog‘iston FVV xabar berdi. 

Bildirilishicha, voqea 29 dekabr kuni soat 18:50 da Aytekebi tumanidagi Qorabutoq-Qo‘stanay avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar, mahalliy hokimiyat vakillari va ichki ishlar xodimlari yetib kelgan. 

Yekaterinburg-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusdagi o‘zbekistonliklar tuman masjidiga evakuatsiya qilingan. 

“Yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi ushbu xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9 dekabr kuni Tojikistonning 26 nafar fuqarosi va ikki nafar o‘zbekistonlik sovuq ob-havo sharoitida yo‘lda to‘xtab qolgan avtobusdan evakuatsiya qilingandi.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing