Qozog‘istonda 288 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi gaz o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklar ushlandi
3-sahifa
−
04 aprel 2024 12538 1 daqiqa
Qozog‘istonning Jambil viloyatida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ular o‘z yurtida yirik miqdorda gaz o‘g‘irlashda gumonlanmoqda. Bu haqda "Orda" nashri xabar berdi.
Jambil viloyati IIBning xabar berishicha, 3 aprel kuni viloyatning Risqulov tumanida politsiya ikki nafar xorijlikni qo‘lga olgan. Ushlanganlar Samarqand viloyatida umumiy qiymati 288 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gazni o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda.
"Qidiruvdagilar vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Tez orada ularni O‘zbekistonga topshirish rejalashtirilmoqda", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda xorijliklar ko‘p hollarda pora berishga urinish, qamoqdan qochish va noqonuniy intim xizmatlar ko‘rsatishda ayblanib, hibsga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Jambil viloyatida 18 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi