Qozog‘istonda 18 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image

Qozog‘istonda 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi hujjatsiz yurgani sabab qo‘lga olindi va Nur-Sulton shahri Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasiga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Agentlikka ko‘ra, joriy yilning 19 yanvar kuni Nur-Sulton shahri Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasida hujjatsiz ushlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Ushbu ma’lumot asosida, Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasiga borib, 18 nafar O‘zbekiston fuqarolar bilan uchrashilgan. Fuqarolarning pasporti borligi ammo, vaqtinchalik ro‘yxatga turish muddati tugaganligi va ishlash uchun ruxsatnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

Fuqarolarga Qozog‘iston qonunlarini buzmaslik, o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish borasida huquqiy tushuncha berilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar Qozog‘istonga tanishlari orqali kelib, qurilishda ishlayotgan bo‘lgan. Ularga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan pilot loyiha mazmun-mohiyati tushuntirilgan.

Uchrashuvda Yesil tumani migratsiya politsiyasi tomonidan birinchi marta Qozog‘istonga kelgan fuqarolarga ogohlantirish, ikki yoki ko‘p marta kelganlarga jarima yozilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

1101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing