Qozog‘istonda 120 tonna neft mahsuloti yonib ketdi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahridagi neftni qayta ishlash zavodida 120 tonna neft mahsuloti yonib ketdi. Bu haqda “Zakon.kz” Qizilo‘rda viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in Shokay ko‘chasida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida yuzaga kelgan. Hajmi 60 tonnadan bo‘lgan ikki rezervuar ochiq alanga ichida qolgan.

Yong‘inning boshqa inshootlarga tarqalish xavfi yuzaga kelgan. Uni bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy ijro organlari va boshqa xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Hodisa joyida yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgan. Yaqindagi rezervuarlarni himoya qilish maqsadida ko‘chma lafet stvollari qo‘llanilib, ko‘pikli o‘chirish usuli qo‘llanilgan. Qutqaruv ishlariga qo‘shimcha ravishda yong‘in o‘chirish poyezdi ham jalb etilgan.

Yong‘in 200 kvadrat metr maydonni qamrab olgan va to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni tunda Rossiyaning Ryazan neftni qayta ishlash zavodida Ukraina dronlar zarbasi oqibatida yong‘in chiqib, korxonaning asosiy ishlab chiqarish quvvatlariga zarar yetgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing