Qozog‘iston Jinoyat kodeksidan Nazarboyev haqidagi moddalar olib tashlanadi

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti deputatlari Jinoyat kodeksidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddani olib tashlash bo‘yicha tuzatishlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda parlament deputati Snejanna Imasheva ma’lum qildi.

Imashevaning aniqlik kiritishicha, o‘zgartirish 2022 yil iyunida bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendumda Elboshi (millat yetakchisi) to‘g‘risidagi nizom asosiy qonundan chiqarib tashlangani bilan bog‘liq. 

“Elboshi maqomi endi mavjud emas, shuning uchun jinoiy javobgarlik endi kerak emas va qo‘llanilmaydi”, deydi deputat.

Qozog‘iston Adliya vazirligi ham mamlakat Jinoyat kodeksidan birinchi prezidentning sha’ni va qadr-qimmatiga ommaviy haqorat qilish va boshqa turdagi tajovuzlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 373- va 374-moddalarini chiqarib tashlash rejalashtirilayotganini tasdiqlagan. 

Qozog‘iston Adliya vaziri Azamat Yeskarayevning tushuntirishicha, Nursulton Nazarboyev uchun sobiq davlat rahbari sifatida daxlsizlikning barcha kafolatlari saqlanib qolgan, biroq bu uning yaqin qarindoshlariga taalluqli emas.

“Sobiq prezident uchun barcha kafolatlar saqlanib qolgan. Lekin bu uning oila a’zolariga tegishli emas, faqat unga tegishli. Yo‘qotilgan qonun avvallari uning oila a’zolarining mol-mulki, hisob raqamlari uchun tegishli kafolatlar berardi”, degan Azamat Yeskarayev. 

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1989 yilning iyunidan 2019 yilning martigacha Qozog‘iston rahbari bo‘lgan. 2010 yildan u Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi rasmiy unvoniga ega bo‘lgan. 2022 yilda Qozog‘istonda referendum natijasida konstitutsiya yangilandi, shu qatorda undan respublikaning birinchi prezidenti haqidagi barcha havolalar chiqarib tashlandi. 2023 yil fevral oyida esa Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning farmoni bilan “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi  to‘g‘risida”gi qonun o‘z kuchini yo‘qotgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev Olmaotadagi mashinasozlik zavodidagi aksiyalarini davlatga qaytarishga majbur bo‘lgan edi. Shuningdek, u “Baris” avtomobil bozoridan ayrilishi mumkinligi ham aytildi. Bundan tashqari, Bolat Nazarboyev norasmiy rafiqasi – xonanda Dinara Aljanga birinchi uchrashuvning o‘zidayoq 15 sotixli maydonda 360 kvadrat metrlik uy sovg‘a qilgani va unga jami 1 million AQSH dollari sarflagani, xonanda esa hozirda giyohvandlikka berilib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Nursulton Nazarboyevning yana bir qaridoshi, jiyani Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi Gulmira Sotibaldi ham odam o‘g‘irlashda aybdor deb topilib, yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev Elboshi To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing