Qozog‘iston ostin-ustun bo‘lyapti. Nazarboyevning xavfsizlikka mas’ul jiyani esa ta’tilda

Olam

image

Qozog‘istonda Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyevning jiyani, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Samat Abishning qayerdaligi bilan bog‘liq savol borgan sari dolzarb bo‘lib bormoqda. 

Qozog‘istonda namoyishlar avjiga chiqqanida “Orda.Kz” nashri Samat Abish yo‘q bo‘lib qolgani, u lavozimidan ozod qilinib, hibslangani haqida xabar tarqatgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, MXQ Samat Abish hibslangani haqidagi bayonotlarni rad etib, u faoliyatini davom ettirayotganini bildirdi. 

Ayni kunlarda esa MXQ yana bir bayonot bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, Samat Abish mehnat ta’tiliga chiqqan. 

“Kelayotgangan so‘rovlar munosabati bilan Samat Abish Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritishini ma’lum qilamiz. Hozirda u yillik ta’tilda”, deyiladi MXQ rasmiy saytida berilgan axborotda. 

Qiziq! MXQning sobiq raisi va uning ikki o‘rinbosari davlatga xiyonatda ayblanib qo‘lga olingan, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan, Qozog‘iston xavfsizligini boshqa davlat harbiylari qo‘riqlayotgan bir paytda xavfsizlikka mas’ullardan biri bo‘lgan Samat Abish qanaqasiga bamaylixotir mehnat ta’tilida bo‘lishi mumkin?! 

43 yoshli general-leytenant Samat Satibaldiuli Abish Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasining o‘g‘lidir. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi akademiyasini va Rossiya Tashqi razvedka xizmati akademiyasini tamomlagan. 

2010 yil yanvaridan 2015 yil dekabrigacha Abish kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarigacha ko‘tarilgan.

Oirgi ikki kunda Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari atrofidagi gap-so‘zlar soat sayin ortdi. Bunga hamohang tarzda oxirgi mashmashalar fonida Nazarboyev va oilasi munosabat bildirmadi. Olma-otada esa uning sobiq qarorgohiga o‘t qo‘yildi, haykali ag‘darildi. Murakkab vaziyat biroz tin olgach Nazarboyev yana paydo bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uzoq yillik hamkori, mamalakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha hibsga olindi. 

Ayni kunlarda Qozog‘iston Respublikasining sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev va oila a’zolarining qayerdaligi ham katta so‘roq ostida qolmoqda. Oilaning to‘ng‘ichi Darig‘a Nazarboyevaning parlamentdagi yordamchisiga ko‘ra, Darig‘a koronavirusga chalingan va Nur-Sultonda davolanmoqda. “Orda.Kz”ning aniqlashicha, kenja qiz Aliya Nazarboyeva esa Birlashgan Arab Amirliklarida jon saqlamoqda


Maqola muallifi

Teglar

Samat Abish

Baholaganlar

356

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing