Birinchi prezidentning jiyaniga qarshi tergov boshlandi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abishga qarshi tergov boshlandi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi

Qayd etilishicha, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari, general-leytenant Samat Abish “qonli yanvar” fojialari paytida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda. Prokuratura xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, tergov manfaatlarini ko‘zlab, dastlabki tergovning qolgan tafsilotlari ochiqlanmaydi.

“Konstitutsiyamiz normalariga ko‘ra, qonun va sud oldida hamma teng. Tekshiruv natijalariga bo‘yicha huquqiy protsessual qaror qabul qilinadi”, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Ma’lumot uchun, 44 yoshli general-leytenant Samat Satibaldiuli Abish Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasining o‘g‘li hisoblanadi. U Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi akademiyasini va Rossiya Tashqi razvedka xizmati akademiyasini tamomlagan. 2010 yil yanvaridan 2015 yil dekabrigacha Abish kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarigacha ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samat Abish o‘tgan yilning 17 yanvar kuni Qozog‘istondagi namoyishlar fonida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan va  radikallarning jangovar bo‘linmalarini tayyorlab kelganlikda ayblangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Samat Abish tergov qonli yanvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing