Nazarboyevning jiyani terrorchilarni tayyorlaganlikda ayblanmoqda

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abish mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MHQ) raisining birinchi o‘rinbosari bo‘la turib, radikal islomchilarning jangovar bo‘linmalarini tayyorlab kelgan. Bu haqda KazTAG nashriga Qozog‘iston Mudofaa azirligi harbiy vakolatxonalari markazining sobiq rahbari, polkovnik Muxtor Qorabekov ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Qorabekov MHQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Samat Abish faoliyatiga oid noma’lum tafsilotlarni va radikal islomchilarni tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilishga va’da bergan. 

Nashrning ma’lum qilishicha, Muxtor Qorabekov uni Samat Abish o‘sha paytda mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan Imangali Tasmagambetovga qarshi jinoyat ishini tugatish uchun hujjatlarni imzolashga qanday majburlaganini aytib bermoqchi. Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning sobiq Prezidentining qizi, o‘sha paytda parlament deputati bo‘lgan Darig‘a Nazarboyeva Samat Abish va Karim Masimovni (MXQning qamoqqa olingan sobiq raisi) qo‘llab-quvvatlagan. Yolgon guvohlik berishdan bosh tortgan Qorabekov esa qamalgan. 

Polkovnikka ko‘ra, huddi shunday taklif aviatsiya general-mayori Asqar Buldeshov, polkovnik Roman Kurmanboyev va general-mayor Timur Abishevga ham bosh harbiy prokuror Yergali Merzadinov tomonidan bildirilgan. 

Bundan tashqari, Qorabekov nashrga MHQ xodimlari Qozog‘iston hududida islomiy jangarilarni qanday tayyorlagani haqida so‘zlab bermoqchi, shuningdek, fojiali yanvar voqealarining maqsad va vazifalariga oydinlik kiritmoqchi.

Qolaversa, harbiylar Mudofaa vazirligidagi korrupsiya, Qozog‘istonning eng mashhur amaldorlari tuzumi va ularga Darig‘a Nazarboyevaning qanday aloqasi borligi haqida gapirib berishadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Qozog‘istondagi namoyishlar fonida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Samat Abish lavozimidan ozod etilgandi. 

Avvalroq, Qozog‘istonning Milliy xavfsizlik qo‘mitasining (MXQ) qamoqqa olingan sobiq raisi Karim Masimovning uyi tintuv qilinganida 17,2 million AQSH dollari miqdorida naqd pul, shuningdek, ko‘plab hashamatli buyumlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing