Birinchi Prezidentning jiyani davlat to‘ntarishini uyushtirgani rostmi?

Olam

image

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan “qonli yanvar” fojialari paytida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Samat Abish bu ishda faqat guvoh bo‘lgan. Aniqrog‘i, u so‘roq qilingan, biroq protsessual maqomga ega emas. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori Berik Asilov bugun, 5 yanvar kuni parlament majlisi chog‘ida ma’lum qildi.  

“Davlat to‘ntarishi, unga tayyorgarlik ko‘rildi. Asosiy tashkilotchilar, aytganimdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasining birinchi rahbarlari Karim Masimovga, jumladan, deputatlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, deya ishontirdi Berik Asilov,  

Majlisda deputatlardan biri Samat Abishning aybi haqida so‘raganda u shunday javob berdi: 

“Bu savolni aytish va javob berish qiyin, albatta. Ayni paytda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, javobgarlik masalasi yakuniga yetgach, hal qilinadi, bu haqda sizga xabar beramiz. [Samat Abish] shunchaki guvoh sifatida so‘roq qilindi”, deydi Bosh prokuror. 

Abishning bevosita rahbari Karim Masimovga kelsak, Bosh prokuror uni tartibsizliklarning asosiy tashkilotchilaridan biri deb atagan. U “Asosiy tashkilotchi Karim Masimovmi?” degan savolga “Ha, desak ham bo‘ladi”, deb javob qilgan. 

Parlamentning yangi yildagi birinchi yig‘ilishida 2022 yil yanvar oyida sodir bo‘lgan fojiali voqealar yuzasidan o‘tkazilgan tergov natijalari to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi. 

Samat Satibaldiuli Abish – Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasining o‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan yilning 17 yanvar kuni Qozog‘istondagi namoyishlar fonida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan va  radikallarning jangovar bo‘linmalarini tayyorlab kelganlikda ayblangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Samat Abish qonli yanvar'

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing