Qozog‘istondagi to‘ntarishda suriyalik terrorchilar qatnashishi rejalashtirilgani aytildi

Olam

image

Qozog‘istonda 2022 yil yanvarda amalga oshmagan davlat to‘ntarishi tashkilotchilari unda Afg‘oniston va Suriyadan kelgan jangarilar ishtirok etishini rejalashtirgan. Bu haqda “qonli yanvar” fojialarining ikki yilligi munosabati bilan “Xabar” davlat telekanali tomonidan namoyish etilgan hujjatli filmda so‘z borgan.

“Agar beqarorlik davom etsa, Afg‘oniston va Suriyadagi bir qator terrorchilik tashkilotlari yetakchilari Qozog‘istonga o‘z tayyorgarligidan o‘tgan jangarilarini jo‘natmoqchi bo‘lgan”, deyilgan filmda respublika xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga tayanib. 

Biroq, filmda aytilishicha, qonuniy hokimiyatning inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tezkor, qat’iy harakatlari fitnachilarning rejalarini chalkashtirib yuborgan va Suriya ssenariysining Qozog‘istonda amalga oshishiga imkon bermagan.  

“Xorijiy terrorchilarning aralashuvi voqealarning to‘rtinchi, yakuniy to‘lqinining bir qismi sifatida amalga oshirilishi va bu butun mamlakat bo‘ylab radikal guruhlarning uyg‘onishiga olib kelishi kerak edi. Bungacha muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga urinish rejissyorlari rivojlanishning uchta to‘lqinini rejalashtirgan va amalga oshirgan: birinchi navbatda, shiddatli to‘qnashuvlarsiz tinch mitinglar, so‘ngra norozilik namoyishi, talon-toroj va o‘t qo‘yish bilan radikal yo‘nalishda burilish tashkil etish, uchinchi to‘lqinda esa jinoyatchilar va terrorchilar barcha shafqatsizlik bilan bo‘y ko‘rsatishi", deyiladi hujjatli filmda.

2022 yil 10 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda sodir bo‘lgan so‘nggi ommaviy tartibsizliklarni uzoq vaqtdan beri tayyorlanayotgan davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi. 

2023 yil aprelida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonatda ayblanib, 18 yilga qamalgan edi. U davlatga xiyonat qilish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan tortib olish va hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi. MXX raisining sobiq o‘rinbosari – “A” maxsus maqsadli xizmat boshlig‘i Anuar Sadiqulov Masimov bilan bir xil ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi. U 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Daulet Ergojin hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, sud uni davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan va uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar yuz berdi, ularning ishtirokchilari politsiya va harbiy xizmatchilarga hujum qildi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev yordam so‘rab Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga murojaat qildi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi, 19 yanvardan butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat bekor qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisalar oqibatida 238 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qonli yanvar'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing