Birinchi prezidentning jiyaniga qarshi tergov yakunlandi

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq birinchi o‘rinbosari Samat Abishga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov nihoyasiga yetdi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi. 

Bosh prokuraturaga ko‘ra, ushbu jinoiy ish doirasida Samat Abishga nisbatan chetga chiqmaslik to‘g‘risida yozma majburiyat shaklida ehtiyot chorasi tanlangan. 

“Jinoyat ishida davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjudligini hisobga olib, dastlabki tergov ma’lumotlari oshkor etilishi mumkin emas”, deyiladi xabarda.

Samat Abish Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 362-moddasi 4-qismi bilan ayblanmoqda. U 2022 yil yanvardagi tartibsizliklar paytida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. 

Ushbu moddaning sanksiyasi besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.

Shuningdek, jazo mulkni musodara qilish va muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum etishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

Samat Abish Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani. U 2015 yildan buyon Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2022 yil yanvar oyi o‘rtalarida Abish bu lavozimdan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Samat Abish tergov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing