Qozog‘iston Turkiya bilan harbiy kemalar quradi

Olam

image

Qozog‘istonning “Zenit” zavodi Turkiyaning Harbiy zavodlar va kemasozlik departamenti (ASFAT) bilan Qozog‘iston floti uchun harbiy kemalar qurish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda kecha, 31 iyul kuni “Orda.kz” xabar berdi

Aytilishicha, “IDEF 2023” 16-xalqaro mudofaa sanoati ko‘rgazmasida Turkiya davlat pudratchilari ASFAT va Turkiya Mudofaa vazirligiga qarashli YDA Group bilan Qozog‘iston davlat kompaniyasi “Zenit” AJ o‘rtasidagi muzokaralar yakunlangan.

“Kelishuv Qozog‘iston floti uchun dengiz kemalari, tijorat kemalari va asosiy harbiy kemalarni loyihalash va qurishni o‘z ichiga oladi”, deb xabar bergan Turkiyaning Defenceturk.net nashri.

Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, “R&D Center Kazakhstan Engineering LLP” va Anqaradagi “Meteksan” mudofaa texnologiyalari kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, hamkorlik uchuvchisiz tizimlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Turkiyaning ASFAT kompaniyasi Kanadaning Vard Marine kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida kemalar ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, Turkiya korxonalarida Ukraina dengiz floti uchun kemalar qurilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Turkiya harbiy kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing