Qozog‘iston Rossiyaga ayrim turdagi harbiy mahsulotlar eksportini chekladi

Olam

image

Qozog‘iston Rossiyaga 106 turdagi harbiy tovarlar eksportini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Qayrat To‘raboyevga tayanib, “Tengrinews” ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Qozog‘istondan Rossiyaga eksport qilinayotgan 106 turdagi harbiy mahsulotlar, dronlar, chiplar, ixtisoslashtirilgan elektronika va boshqa tovarlar eksporti ta’qiqlangan. 

“Biz barcha tovarlarni (Rossiya hududi orqali) eksport qilamiz. Asosiy muammo eksport bilan bog‘liq. Shu bois faqat urushga oid tovarlar eksporti cheklangan. Masalan, dronlar va ularning tarkibiy qismlari. Ixtisoslashgan elektronika, chiplar va shunga o‘xshash mahsulotlar”, degan Qayrat To‘raboyev. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida Ostonaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilishi masalasini ko‘targan edi. To‘qayev Qozog‘iston Prezidenti va Germaniya kanslerining qo‘shma matbuot anjumanida OAV vakillariga Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga amal qilishini ma’lum qigandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston harbiy mahsulotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing