Qozog‘iston Rossiya neftini Xitoyga yetkazgani uchun qancha pul olishi ochiqlandi 

Olam

image

Qozog‘iston Majlisi (parlamentning quyi palatasi) deputatlari Ostona va Moskva o‘rtasidagi Rossiya neftini Xitoyga tashish bo‘yicha kelishuvning amal qilish muddatini uzaytirishni ratifikatsiya qildi. Bu haqda "Orda.kz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, neft Qozog‘iston Respublikasi hududidan oqib o‘tadi. Tomonlar 2014 yil iyul oyida dastlabki kelishuvni imzolagan bo‘lsa, endi u o‘z nihoyasiga yetmoqda. Shu bois ikki davlat rasmiylari shartnomani yana 10 yilga uzaytirishyapti.

"Rosneft" ushbu 10 yil ichida Xitoyga 100 million tonna neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Neftni quyish tarifi bir tonna uchun 15 dollarni tashkil etadi.

"2024 yildan 2033 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya neftini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali XXRga tranzit qilishdan kutilayotgan daromad 1 710 000 000 AQSH dollarini tashkil etadi", deydi Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev.

Biroq, rasmiylar Rossiya bilan bunday kelishuvga erishgani uchun Qozog‘istonga nisbatan xalqaro sanksiyalar qo‘llanilishidan xavotirda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing