Qozog‘iston Rossiya bilan chegarada 20 ta post quryapti

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston hukumati “Xavfsiz mamlakat” milliy loyihasi doirasida Rossiya bilan chegarada 20 ta chegara posti qurmoqda. Bu haqda respublika Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Serik Axmetkaliyev xabar berdi.

“Xavfsiz mamlakat” milliy loyihasi doirasida 50 ta chegara postlari majmuasini qurish rejalashtirilgan. Ayni paytda shimoliy yo‘nalishda, Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada 20 ta chegara posti qurilmoqda. Shuningdek, Janub chegaralarida uchta modulli post qurilishi davom etmoqda”, degan Axmetkaliyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, yaqin ikki yilda avtomobil chegara postlarini rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilgan.

“Hukumat chegaraning butun perimetri bo‘ylab 46 ta nazorat-o‘tkazish punktini rekonstruksiya qilishga qaror qildi. Unga ko‘ra, 2024-2025 yillarda Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi asosiy nazorat-o‘tkazish punktlari qayta ta’mirlanishi kerak. Bu nazorat-o‘tkazish punktlarigacha bo‘lgan harakat yo‘laklarini kengaytirish, chegarachilar xizmati uchun yangi bino va inshootlar qurish, odamlar va transport vositalarining qulay o‘tishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston chegara posti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing