Qozog‘iston Prezidenti UFC jangchisini qabul qildi

Sport

image

Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining rasmiy sayti xabar berdi.

To‘qayev Rahmonovni amerikalik Jeff Nilga (15-5) qarshi jangdagi g‘alabasi bilan tabrikladi, shuningdek, jangchiga sport faoliyatida yangi marralarni zabt etishini tiladi. O‘z navbatida, Rahmonov To‘qayevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va u mamlakat sharafini munosib himoya qilib, muxlislarning umidlarini oqlashi uchun bor kuchini ishga solishini ta’kidladi.

28 yoshli Shavkat Rahmonov UFC'da umumiy 17 ta jang o‘tkazib, bahslarning barchasida g‘alaba qozongan.Rahmonov UFC'dagi oxirgi jangining 3-raundida Nilni mag‘lub etdi. Jang 4 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”da UFC 285 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Rahmonov Qozog'iston Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing