Rahmonov UFC kamari uchun jang qilish imkoniyatini yo‘qotmadi
Sport
−
21 fevral
1881UFC prezidenti Dana Uayt Shavkat Rahmonov chempionlik jangi uchun da’vogar maqomini yo‘qotmaganini ma’lum qildi.
Rahmonov jarohati sabab yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC chempionlik jangidan bosh tortdi.
“Biz bir necha bor Shavkat Rahmonov va Bilol Muhammad o‘rtasida jang tashkil qilishga harakat qildik. Lekin hozir Shavkat jarohat oldi. Ammo Rahmonov tuzalgach, u qaytadi va Bilol-Maddalena jangi g‘olibiga qarshi jang qilish uchun birinchi nomzod bo‘lishi aniq”, deydi Uayt.
Qayd etish joiz, qozog‘istonlik jangchi 10 may kuni o‘tkaziladigan UFC 315 turniri doirasida chempionlik jangini o‘tkazishi kerak edi, biroq u jarohat oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Rahmonov professional karerasida 19 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi bor u 2024 yilning 7 dekabrida irlandiyalik Yan Garriga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi