Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

IIV o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan olindi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i polkovnik Shavkat Rahmonov ishdan olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

Rahmonovning ishdan olinish sababi hozircha noma’lum. 

Ma’lumot uchun, u 2023 yil fevralda mazkur lavozimga tayinlangandi. Rahmonov avval Namangan va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ham xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aziz Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Shavkat Rahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing