Qozog‘iston Ozarbayjonga qurol yetkazib bergani inkor qilindi
Olam
−
08 noyabr 2020
9022Qozog‘istonning Industriya va infratuzilmani rivojlantirish vazirligini OAVda tarqalgan mamlakat Ozarbayjonga qurol yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygani haqidagi xabarni inkor qildi. Bu haqda “stopfake.kz” axborot portali xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, bir qancha saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston Ozarbayjonga Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarda ko‘maklashish uchun qurol yetkazib berishni boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.
“Bu axborot yolg‘on. Qozog‘iston mamlakatning jahon hamjamiyati oldidagi barcha majburiyatlarini bajaradi va boshqa mamlakatlarga qurol yetkazib berish niyatida emas. Maqolada ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqatdan yiroq va hech qanday asosga ega emas”, degan vazirlik vakili.
Idora asossiy ma’lumotlarga ishonmaslik va faqatgina rasmiy axborot manbalaridan foydalanishga chaqirgan.
Shuningdek, vazirlik yolg‘on xabarlarda aytilganidek 2-3 noyabr kunlari Silk Way West Airlines aviakompaniyasi Nur-Sulton – Baku yo‘nalishida parvoz amalga oshirmaganini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi muhim ahamiyatga ega Shusha shahri egallagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi