Qozog‘iston elektrda uzilish bo‘lishini bilganmi?

Olam

image

Qozog‘istonning elektr tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha kompaniyasi KEGOC tizimda uzilish bo‘lishi mumkinligini avvaldan bilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Gap shundaki, bugun, 25 yanvar kuni Qozog‘istonda yuz bergan va O‘zbekiston hamda Qirg‘izistonga ham ta’sir qilgan elektrdagi nosozlik dastlab taxmin qilganidek kriptovalyuta yig‘uvchi maynerlar sabab sodir bo‘lmagan. Boshqaruv kompaniyasi bunga sabab sifatida mamlakat yagona energetika tizimida elektr energiyasi va quvvat muvozanatini saqlash bilan bog‘liq keskinlikni ko‘rsatgan.

21 yanvar kuni KEGOC butun mamlakat bo‘ylab 196 ta tashkilotga faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborgan.

“Ayni paytda Qozog‘iston yagona elektr tarmog‘ida elektr energiyasi va quvvat balansini saqlash bilan bog‘liq keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan joriy vaziyatni saqlab qolgan holda, 2022 yil 24 yanvardan 31 yanvargacha bo‘lgan davrda, shu jumladan, raqamli qazib olish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga rejalashtirilgan elektr energiyasini yetkazib berish to‘liq bekor qilindi (Nur-Sulton vaqti bilan soat 00:00 dan 24:00 gacha to‘liq cheklov)”, deyiladi rasmiy xatda.

Qozog‘iston blokcheyn va ma’lumotlar markazi sanoati assotsiatsiyasi prezidenti Alan Dorjiyevning fikricha, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar maynerlar bilan emas, balki infratuzilma bilan bog‘liq.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, avariya Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan va mamlakat janubiy viloyatlaridan tashqari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga ta’sir qilgan.

KEGOC O‘zbekiston tomonini tizimdagi beqarorlik haqida ogohlantirganmi yoki yo‘q bu haqda ma’lumot berilmadi.

“Konets sveta”

Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida yelektr ta’minioti tiklandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing