Endi ayrimlar uchun elektr kunduzi arzonlashib, tunda qimmatlashadi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda yirik biznes uchun elektr energiyasi kunduzi arzonlashib, tunda esa odatdagi tarif amal qiladi. Bu haqda Prezident joriy yilning 22 sentyabr kuni imzolagan “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Farmaonga ko‘ra, yangi tartib I tarif guruhiga kiruvchi iste’molchilarga, jumladan, yirik sanoat korxonalari, byudjet tashkilotlari hamda ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarga taalluqli.

Amaldagi tartibga ko‘ra, elektr energiyasi uchun to‘lov sutka vaqtiga qarab farq qiladi. Xususan, 06:00-09:00 va 17:00-22:00 – yuqori tarif, 1,5 koeffitsiyent bilan, 09:00-17:00 – umumiy tarif bo‘yicha va 22:00-06:00 – 1,5 pasaytiruvchi koeffitsiyent bilan belgilangan.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • 06:00-09:00 va 17:00-22:00 – 1,5 oshiruvchi koeffitsiyent saqlanadi;
  • 09:00-17:00 – 1,5 pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi;
  • 22:00-06:00 – elektr energiyasi umumiy tarif bo‘yicha hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 iyunidan I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining bazaviy tarifi 1 kVt·soat uchun 1100 so‘mni tashkil etadi. Shundan kelib chiqib, yuklama eng yuqori bo‘lgan soatlarda I guruh uchun elektr energiyasi narxi 1 kVt·soatga 1650 so‘mni, 1,5 baravar pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanganda esa taxminan 733 so‘mni tashkil qiladi.

Energetika vazirligi, regulyator manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2030 yilga borib yiliga qariyb 129 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing