Qozog‘iston dunyoning eng yirik 50 ta iqtisodiyoti qatoriga kirdi

Biznes

image

Qozog‘iston yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar ro‘yxatidan joy oldi. Garchi u 50 talik ro‘yxatning oxirgi o‘rinini egallagan bo‘lsa-da, ushbu ro‘yxatga Markaziy Osiyodan kirgan yagona davlat bo‘ldi. 

Ayni vaqtda mamlakatning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 300 millard dollarni tashkil etadi. 

Shu bilan birga, mamlakat so‘nggi 25 yil ichida o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchi beshtalikka kirdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlari shundan dalolat beradi. 

Spiral graphic showing the top 50 economies in the world by GDP in 2025.

XVJning World Economic Outlook so‘nggi nashri asosida tayyorlangan infografikaga ko‘ra, Qozog‘iston iqtisodiyoti 2000-2025 yillarda yiliga o‘rtacha 5 6 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar orasida beshinchi o‘rinni egalladi. 

Ushbu davrda faqat Xitoy – 8 foiz, Vetnam va Hindiston – 6,4 foizdan, shuningdek, Bangladesh – 5,9 foiz yuqori o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlarini ko‘rsatgan. 

Yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha jahon iqtisodiyotining etakchisi AQSH bo‘lib qolmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti 30,6 trillion dollarga baholanmoqda va Qo‘shma Shtatlar yana ko‘p yillar davomida dunyoda birinchi o‘rinni saqlab qolishi kutilmoqda. 

Umuman olganda, XVJ ma’lumotlari nafaqat eng yirik iqtisodiyotlarning hajmi bo‘yicha joylashuvini, balki chorak asr davomida qaysi mamlakatlar eng barqaror o‘sishni ko‘rsatganini ham ifoda etadi. Qozog‘iston bu ro‘yxatda aynan rivojlanish dinamikasi bilan ajralib turibdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston YaIM iqtisod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing