Qozog‘iston benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi
Olam
−
28 avgust
3135Qozog‘iston avtomobil yo‘llari orqali mamlakatdan benzin, dizel yoqilg‘isi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini olib chiqishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirmoqda. Bunday qaror Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin raisligida tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda bir qator xomashyo mahsulotlariga eksport bojxona to‘lovlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilgan. Qozog‘iston Moliya vazirligi mamlakatda qayta ishlash va korxonalarni xomashyo bilan ta’minlashni ko‘paytirish bo‘yicha majburiyat belgilashni taklif qilgan. Takliflar yangi Soliq kodeksini hisobga olgan holda soha davlat organlari tomonidan “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi va birlashmalari bilan birgalikda yakunlanishiga qaror qilingan.
Ma’lumot uchun, neft mahsulotlarini eksport qilishga avvalgi taqiq 29 martda sentyabr oxirigacha joriy qilingan edi. Bungacha ham Qozog‘iston mamlakat ichida yoqilg‘i taqchilligini oldini olish maqsadida avtomobil yo‘llari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa neft mahsulotlarini olib chiqish taqiqini bir necha bor uzaytirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda shakar eksportiga taqiq qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi