Qorovulbozor tumaniga ham hokim tayinlandi
Jamiyat
−
30 noyabr
4702Bugun, 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tumanga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman hokimi sifatida ishlab kelayotgan Akmal Anvarovich Ostonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Qorovulbozor tumani hokimi lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga tuman rahbari etib O‘tkir Shomahmadovich Hamroyev tayinlandi.
Tayinlovga qadar u 2021 yildan beri viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘tkir Hamroyev 1976 yilda Peshku tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Buxoro davlat universitetini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Mutaxassisligi – iqtisodiyot va davlat boshqaruvi. Mehnat faoliyatini hisobchilikdan boshlab, Peshku tumani hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Raqobat boshqarmasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Peshku va Vobkent tumanlari hamda Kogon shahriga hokim tayinlangandi.
LiveBarchasi