Qoraqalpog‘istonning sobiq Ichki ishlar vaziri deputat etib saylandi
Jamiyat
−
26 avgust 2022
7838Qoraqalpog‘istonning sobiq Ichki ishlar vaziri Amanbay Tleubayevich Orinbayev respublika Jo‘qorg‘i Kengesidagi bo‘sh qolgan deputatlik o‘rinlariga saylandi. Bu haqda parlament saytida xabar berilgan.
U 56-sonli “Berdaq” saylov okrugidan deputatlikka saylangan.
Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurityapti. U bu lavozimga 26 iyulda tayinlangan.
Bungacha Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan.
Shu bilan birga, yana to‘rt kishi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylangan. Bular:
• Galina Aleksandrovna Zorkina – 9-sonli “Ajiniyoz” saylov okrugidan;
• Qalbay Togayevich Navruzov – 46-sonli “Ketenler” saylov okrugidan;
• Rustam Tursinboyevich Saparbayev – 18-sonli “Janbasqala” saylov okrugidan;
• Suyeubay Aliyevich Yeshanov – 62-sonli “Qorao‘zak” saylov okrugidan;
LiveBarchasi