Qoraqalpog‘istonga Adliya vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Elmurod Ergashovich Tursunov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Elmurod Tursunov 1983 yil 5 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1-son davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007-2012 yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

2012-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Adliya vaziri Elmurod Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing