Qoraqalpog‘istondagi omborga o‘t ketdi
3-sahifa
−
08 Oktabr
5327Bugun, 8 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi omborga o‘t ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, soat 12:47 da Nukus shahri, “Jeke Terek” MFYda joylashgan qurilish mollari saqlanib kelingan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari 6 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:09 da o‘rab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida 150 kvadrat metr maydonda qurilish mollari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY, Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birining omborxonasida yong‘in chiqqandi. Maydoni taxminan 5000 kvadrat metr bo‘lgan omborda yuz bergan yong‘in 2 soat deganda o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga omborda saqlanayotgan tez alangalanuvchi suyuqlik sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi