Qoraqalpog‘istonda yo‘llarni ta’mirlash uchun 20 mlrd ajratildi
Jamiyat
−
25 iyul 2023
3609Qoraqalpog‘iston janubiy tumanlaridagi tuproq yo‘llarni ta’mirlash ishlariga 20 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda Adliya vazirligining yagona elektron tizimi platformasida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlaridagi ba’zi tuproq yo‘llarni ta’mirlash ishlariga bu to‘rt tumanning Obodonlashtirish boshqarmasiga pul o‘tkazib beriladi. Mazkur tumanlarda mablag‘ maqsadli sarflanishi va tuproq yo‘llar qum-shag‘al aralashmali yo‘llarga aylantirilishi kerak. Bu pullar Vazirlar Mahkamasining zaxira mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Shundan Amudaryoga 5,8 milliard, Beruniyga 5,5 milliard, To‘rtko‘lga 5 milliard va Ellikqal’a tumaniga 3,6 milliard so‘mdan beriladi. Shunda jami 123 ta mahalladagi tuproq yo‘llar shag‘allashtiriladi.
LiveBarchasi