Qoraqalpog‘istonda nechta qo‘y-qo‘zi yonib ketdi? Prokuratura 440 bosh, hokimlik 250 bosh demoqda
3-sahifa
−
22 aprel 2021
11679Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida fuqaroning 440 bosh qo‘y-qo‘zilarning yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda ushbu yong‘in tuman prokuraturasi va IIB tomonidan e’tiborsiz qoldirib kelinayotgani aytilgan. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi va Ellikqal’a tumani hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga ko‘ra, joriy yilning 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi fuqaro Ahmad Niyazimbetovga tegishli 440 bosh qo‘y va echkilar yonib ketgan.
Holat yuzasidan 19 aprelda Ellikqal’a tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi, “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hokimlik xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi tumandagi “Ellikqal’a” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, 1981 yilda yilda tug‘ilgan fuqaro Ahmad Niyazimbetovga tegishli Ellikqala ovuli hududidagi qumlik orasidagi do‘nglikda joylashgan, 1-1,5 metr balandlikda yog‘och va simlar bilan o‘rab yasalgan qo‘y qo‘ra ichida boqib kelayotgan 250 (ikki yuz ellik) bosh qo‘y-qo‘zilari va echki-uloqlari kelib chiqqan yong‘in natijasida yonib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘sha kuni fuqaro Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘y va echkilarni boqib, ularga ko‘z quloq bo‘lish Beruniy tumani “Oxunbabayev” OFY hududida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro Ongarov Umirzokqa topshirilgani aniqlangan. O‘sha vaqtda u ushbu yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘radan taxminan 15-20 m chamasidagi uzoqlikda joylashgan bino, yani ko‘chma vagon ichida yolg‘iz o‘zi bo‘lgan.
Bundan tashqari olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida voqea joyi ko‘zdan kechirilganida ushbu ko‘chma vagon ichkarisida o‘t yoqib, ko‘chma vagon ichkarisini isitish va ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan o‘choq joylashgan bo‘lib, o‘sha kuni unda o‘t yoqilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud-kimyoviy ekspertizasining №4030-sonli xulosasiga ko‘ra “gaz–suyuqlik xramotografiyasi usuli yordamida namunalar erituvchi xloroformga xos bo‘lgan piklar kuzatildi, neft mahsulotlarining izlariga xos bo‘lgan belgilar kuzatilmagan”ligi aniqlangan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ushbu yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘ra va undagi qo‘y-echkilarning egasi bo‘lgan fuqaro Ahmad Niyazimbetovning yaqin qarindoshlari, uning do‘stlari, ushbu yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘raga yaqin masofada yashovchi fuqarolar hamda muqaddam sudlangan shaxslar bilan operativ surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi