Ellikqal’a tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 fevral kuni xalq deputatlari Ellikqal’a tuman kengashining navbatdan tashqari yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, unda Niyazimbetov Valijon Batirbayevich Ellikqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sessiya kun tartibida ko‘rib chiqilgan tashkiliy masalada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev qatnashgan.

Ma’lum qilinishicha, Niyazimbetov faoliyati davomida bir qancha mas’ul lavozimlarda muvafaqqiyatli faoliyat olib borgan.

Xususan, Ellikqa’la tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari va shu kunga qadar To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Sessiya so‘ngida esa tuman sektor rahbarlarining 2024 yilda amalga oshirishi rejalashtirilgan vazifalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qaroriga asosan Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga Jamshid Rafiqjon o‘g‘li Bozorboyev tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Ellikqal'a Jo'qorg'i Valijon Niyazimbetov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing