Qoraqalpog‘istonda eshak bilan jinsiy aloqa qilgan erkak qamaldi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda eshakni qiynab, u bilan jinsiy aloqa qilgan 49 yoshli erkakka nisbatan jazo tayinlandi. Bu haqda Ellikqal’a tumani sudi matbuot kotibi Gulayim Ganiyeva QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 2 iyul kuni soat 00:30 larda Ellikqal’a tumanida 49 yoshli erkak mast holatda boshqa shaxsning uyi yonida turgan eshakni daraxtga bog‘lagan.  Shungdan so‘ng, uy egasi bo‘lgan ayolning ko‘z o‘ngida hayvondan o‘z shahvoniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalangan. 

Mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 1-qismi va 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, unga nisbatan sud qarori bilan BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima va 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston eshak Ellikqal'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing