Ichki ishlar xodimi kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 20 aprel kuni soat 15:30 da “102” raqamiga fuqaro Sh.A. qo‘ng‘iroq qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib olgan erkak va ayol makulatura to‘plab yurgani haqida xabar bergan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 45 yoshli U. X. va muqaddam talonchilik va o‘g‘rilik uchun ikki marta sudlangan 36 yoshli N.S. (ayol)ni qo‘lga olgan. Xodimlarga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan mazkur shaxslar haqiqatan ham ichki ishlar organlarining xizmat kiyimini kiyib olgani ma’lum bo‘lgan.

Huquqbuzarlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-son Ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib tekshirilganda, ularning yonida ikkita pichoq borligi aniqlangan.

Yakkasaroy tumani IIO FMB U.X. va N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-3-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi”), 194-moddasi 1-qismi (“ Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 2091-moddasi (“Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Yakkasaroy tuman sudi U.X. va N.S.ni qayd etilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, ularning har biriga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini belgiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

638

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing