Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
01 noyabr
4720Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida Lacetti kanalga tushib ketdi. Hodisa oqibatida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 29 oktyabr kuni soat 02:20 atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi mast holatda Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan.
YTH oqibatida avtomobilning orqa qismida o‘tirgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Bir nafar yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. Halok bo‘lganlarning ikki nafari 22 yosh, bir nafari esa 21 yosh bo‘lgan.
Tirik qolgan haydovchi va yana ikki yo‘lovchiga bosh miya, ko‘krak qafasi qisilishi, suvda cho‘kish kabi tashxislar qo‘yilgan.
Halokat besh metr kenglikdagi ichki tuproq yo‘lda sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘l yoritish qurilmalari bilan jihozlanmagan va yo‘l belgilari o‘rnatilmagan.
Yuz bergan voqea yuzasidan Beruniy tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida ikki piyoda vafot etgan edi.