Qoraqalpog‘istonda 7 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi
3-sahifa
−
07 avgust
2724Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligi davomida 11 ta tuman hokimliklarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari yuzasidan jami 15 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.
O‘rganishlar jarayonida, Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tuman hokimliklarida 31 ta holatda tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish va raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi boshqa turdagi hujjatlar chiqarilishi natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi birinchi qismining 4, 5, 7, 9, 12 va 13 xat boshlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
“Yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra, 7 ta tuman hokimliklarining bayonnoma va chiqish xatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda tuman hokimlari qabul qilgan 19 ta hujjat qonunga zid ekani aniqlangandi.
LiveBarchasi