Qoraqalpog‘istonda 3 kishi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 9 iyun kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida yer ostidan suv quvurini qazib olayotgan to‘rt kishini tuproq bosib qoldi. Natijada uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xabar qildi.

Soat 05:30 larda fuqaro S.U. (1990 y.t.), voyaga yetmagan S.K. (2006 y.t.), S.M. (2007 y.t.) va D.M. (2004 y.t.) bilan “Suo‘yenli” OFY hududining cho‘l qumlik qismida, yer ostida bo‘lgan suv quvurini qazib olayotgan vaqtida, tuproq o‘pirilib, ularni bosib qolgan. Natijada fuqarolar S.U., S.K. va S.M. voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston tuproq

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing