Qoraqalpog‘iston Transport vazirligiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Paraxat Konisbayevich Kaipbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 8 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazilgan. Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Shuhrat Dauletiyarov olib borgan.

Unda Paraxat Konisbayevich Kaipbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar “QQavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Transport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made