Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Yusupov Baxtiyor Abdullayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Yusupov 1984 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2001 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1984 yilda “Qoraqalpoqsuvqurilish” trestiga qarashli To‘rtkul tumani qurilish montaj boshqarmasida boshlagan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida qishloq va suv xo‘jaligining  sohasining tizim tashkilotlarida mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatib keldi. Tayinlovga qadar Baxtiyor Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Suv xujaligi vazirligining suv xo‘jaligi ob’ektlarini samaradorligini ta’minlash bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelyotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Nurullan Umirzakovich Erlepesov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston vazir Suv xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing