Qoraqalpog‘iston Soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Erkin Narmanov Abdualimovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Narmanov tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin esa Jizzax viloyati davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni xalq deputatlari Taxiatosh tuman kengashining navbatdan tashqari 21-sessiyasi bo‘lib o‘tgandi va unda Islombek Murodboyevich Sidiqov ushbu tumanga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq boshqarmasi Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing