Qoraqalpog‘istonda Cobalt pastlikka quladi. Haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida katta tezlikda harakatlangan Cobalt pastlikka quladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

1993 yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi 4R-182 To‘rtko‘l-Bo‘ston yo‘nalishi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi pastlikka qulagan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatida “KamAZ” rusumli yuk mashinasi piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini urib yuborgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Cobalt To'rtko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made