Qorabog‘da 100 nafar arman askari qo‘lga olinishi bo‘yicha qidiruv boshlandi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘ harbiylari va Rossiya tinchlikparvar kuchlari Hadrut hududida bedarak yo‘qolgan Qorabog‘ harbiy xizmatchilarini qidirmoqda. Bu haqda Tog‘li Qorabog‘ Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kecha tunda Xsaberd qishlog‘i hududidagi bir necha punktlarning shaxsiy tarkibi bilan aloqa uzilgan. Qidiruv operatsiyasi butun tun bo‘yi, ertalabgacha davom etgan.

“Rossiya tinchlikparvar kontingenti vositachiligi bilan armanistonlik harbiy xizmatchilarni qo‘lga olish imkoniyatini aniqlash bo‘yicha faol choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Bundan bir kun oldin Telegram’ning Ozarbayjon segmenti orasida yuzga yaqin asirga olingan arman askarlari aks etgan fotosurat va videolar tarqaldi.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Vahram Pogosyan “Armenpress”ga bergan intervyusida rasmiylar harbiy xizmatchilarni qo‘lga olish to‘g‘risidagi xabarlarni o‘rganayotganini aytdi. Shu bilan birga, Pogosyan ushbu materiallarning tarqatilishi qo‘shimcha keskinlik yaratish uchun xizmat qilishini istisno qilmadi.

Ma’lumot o‘rnida, Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi e’lon qilinishidan oldin Hadrut viloyati Ozarbayjon SSRning Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati tarkibiga kirgan.

27 sentyabrdan 10 noyabrgacha davom etgan janglar paytida Ozarbayjon armiyasi deyarli butun hududni o‘z nazorati ostiga oldi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Armaniston Mudofaa vazirligi 12 dekabr shanba kuni Ozarbayjon Qurolli kuchlari sulhni buzib, Tog‘li Qorabog‘da hujumga o‘tganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, hujum Eski Tog‘lar va Xsaberd aholi punktlari yo‘nalishida boshlangan. Vazirlik arman harbiylari hujumni qaytarish uchun tegishli choralarni ko‘rayotganini ta’kidlagan.

Hadrutdagi otishma bilan bog‘liq voqeadan so‘ng, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mojaro tomonlarini sulhga to‘liq rioya qilishga chaqirdi.

Rossiya Federatsiyasida amaliy tashrif bilan bo‘lgan Armaniston Mudofaa vaziri Vagarshak Arutyunyan rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ning Hadrut mintaqasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishini muhokama qildi.

Keyinchalik, Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bo‘layotgan voqealar yuzasidan qo‘shma bayonot berdi

Mojarolardan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik harakati xaritasini yangiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing