Qora dengizdagi hujumlar Qozog‘iston neft eksportini o‘zgartirishi mumkin

Olam

image

Kaspiy quvurlari konsorsiumi (KQK) dengiz terminali hududida tankerlarga dronlarning davom etayotgan hujumlari Qozog‘istonning neft eksporti va ishlab chiqarish rejalariga tuzatish kiritishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston neft-gaz va energetika kompleksi tashkilotlari uyushmasi “Kazenergy” ma’lum qildi.

Uyushma ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolik kemachiligi va transchegaraviy energetika infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtirish zarur. Kaspiy quvurlari konsorsiumi dengiz terminali hududida Nordic Zenith, ASIA, NISSOS IOS va NELSA tankerlari bilan sodir bo‘lgan bir qator hodisalar Qozog‘iston nefti eksporti uchun yangi xavf omiliga aylandi. Takroriy yoki uzoq muddatli cheklovlar sug‘urta va fraxt xarajatlarining oshishiga, kema egalari talablarining qat’iylashuviga va keyinchalik eksport va ishlab chiqarish rejalarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi uyushma xabarida.

Qayd etilishicha, mavjud vaziyat fuqaro kemachiligi va transchegaraviy energetika infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. 

Shuningdek, bayonotda aytilishicha, operatsiyalarning tez tiklanishi KQKning operatsion barqarorligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, hodisalarning takrorlanishi butun marshrutni tizimli himoya qilishni talab qiladi  – quvur va terminaldan tortib tanker logistikasigacha.

So‘nggi kunlarda KQK dengiz terminali hududida tankerlarga dronlar tomonidan bir qator hujumlar sodir bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni Qora dengiz akvatoriyasidagi Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK) dengiz terminalida yuklash operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda Qozog‘istonda qazib olingan neftni yuklayotgan ikkita tanker – ASIA va NISSOS IOS Ukraina dronlari hujumiga uchradi. Tankerlar bortida xalqaro ekipajlar bo‘lgan. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi KQK neft tashuvchi tankerlarga berilgan zarbalar Qozog‘iston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tajovuz ekanligini ma’lum qildi. Tashqi ishlar vazirligi Astana yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishini istisno qilmadi. Qozog‘iston qazib olingan neftning qariyb 80 foizini KQK orqali eksport qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing