Qonuniylikni buzgan ikki nafar sudya lavozimidan ozod qilindi

Jamiyat

image

Bugun, 21 fevral kuni Sudyalar oliy kengashi qarori bilan odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun 2 nafar sudya lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kengash Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining raisi Baxtiyor Tavakkalov hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Kamoliddin Xolmuxamedovning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilingan.

Avvalroq, Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida 4 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan avval tugatilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining birinchi dekadasida Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining raisi R.Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi M.Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh.Ne’matov esa sudyalik qasamyodini buzgani uchun  lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya Sud'yalar oliy kengashi

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing