Qonun doirasida to‘liq javob berishga tayyormiz — Vadim Abramov

Sport

image

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning Iste’foga chiqarilgan bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun qonun doirasida javob berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 19 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan O‘FA kongressida aytib o‘tdi.

“Afsuski, biz mag‘lub bo‘ldik. Men murabbiylar shtabining rahbari sifatida barcha javobgarlikni o‘z zimmaga olaman. Yana bir barcha futbol ixlosmandlaridan va sizlardan kechirim so‘rayman. Biz qonun doirasida to‘liq javob berishga tayyormiz. O‘z navbatida, men shu vaqt davomida milliy terma jamoaga 71 nafar futbolchi jalb qilinganini va 16 – 18 yoshlardagi 20 nafar o‘yinchi ilk bor debyut qildi. O‘ylashimcha bu jamoaning kelajagi bor. Asosiysi to‘g‘ri tayyorlanish kerak”, deydi Abramov.

U o‘zi ishlagan vaqtda markaziy himoyachilar va darvozabonlar mashg‘uloti tugallanmay qolganini va bu so‘nggi bosqichda o‘z ta’sirin o‘tkazganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, shuningdek Odil Ahmedov MTJdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vadim Abramov

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing