Qodirovning “erkatoyi” Botirovga qarshi revansh jangi o‘tkazadi 

Olam

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning 13 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov va Aslan Botirov o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi. Bu haqda Kabardin-Balkariya Boks federatsiyasi rahbari Najmudin Berbekov o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qilgan.  

"Ushbu jangdan so‘ng menga juda ko‘p shikoyat va sharhlar keldi! Aprel oyining boshida Grozniyda boks bo‘yicha "Vremya legend — 6" musobaqasi bo‘lib o‘tdi, unda Adam Qodirov bahsli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Adam Qodirovning raqibi Kabardin-Balkariyalik yosh jangchi Aslan Botirov edi. 

Moviy burchak xatosi bilan revansh jangi tayinlandi! Aslan va Adamga omad tilaymiz, ular haqiqiy boks namoyish etishsin va bizning mintaqalarimiz do‘st bo‘lib, gullab-yashnasin", deb yozgan Berbekov. 

Eslatib o‘tamiz, mojaro Adamning raqibi Botirov ustidan qozonilgan shubhali g‘alabasi tufayli yuzaga kelgan. Ikkinchi raundda Botirov va Qodirov bir-biriga bir necha bor zarba bergan. Ammo hakam Botirovga qarab sanay boshlagan va yakunda nokdaun e’lon qilgan. Jang videosidan ko‘rish mumkinki, hakam sanayotganida Botirov buni nima uchunligini tushunmay, taajjub bilan qarab turgan.

Ramzan Qodirov Adamning Aslan Botirov ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi xabarlarni "qora piar" deb atagandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Adam Qodirov

Baholaganlar

367

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing