Qodirovning avariyaga uchragan o‘g‘li Moskvaga olib ketildi – OAV
Olam
−
17 yanvar 28082 2 daqiqa
Kecha, 16 yanvar kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirovning korteji Grozniy shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgandi. Avtoholakatdan so‘ng Qodirovning o‘g‘li Rossiyaning Moskva shahridagi shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Fortanga” nashri xabar berdi.
Nashr 16 yanvar kuni kechqurun Grozniydan uchib ketgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining An-148-100EM samolyotiga e’tibor qaratgan. Samolyot haqida ma’lumot “Flightradar24”da paydo bo‘lgan. An-148-100EM bemorlarni tashish uchun ishlatiladi.
Qayd etilishicha, Grozniy markazidagi sodir bo‘lgani taxmin qilinayotgan avtohalokat joyida yo‘llar berkitilgan va Adam Qodirov dastlab olib ketilgan respublika shifoxonasi yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Shu bilan birga, 16 yanvar kuni kechqurun Ramzan Qodirovning shaxsiy Airbus samolyoti Checheniston poytaxtidan Moskvaga yo‘l olgan. “Flightradar24” ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot yarim tunda Grozniydan uchib ketgan.
OAVga sizdirilgan xabarlarga ko‘ra, 18 yoshli Adam Qodirov avtokortejda yo‘lboshchi bo‘lgan va juda yuqori tezlikda harakatlangan. Avariya vaqtida mashinalar bir-biriga urila boshlagan, oqibatda ko‘plab odamlar jabrlangan.
Bundan tashqari, kanal ma’lumotiga ko‘ra, mashinada chechen aralash yakkakurashlar jangchisi Hamzat Chimayev ham bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Chimayevning halok bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo bu keyinchalik rad etildi.
Live
Barchasi